Foydali resurslar
25 – 29 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 190 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 125 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: ta’lim va madaniyat – 121 nusxa, ijtimoiy fanlar – 4 nusxa) 69 ta avtoreferatlar (siyosat - 7 nusxa; tibbiyot – 12 nusxa; texnika – 5 nusxa; san’at – 1 nusxa; tabiiy fanlar - 17 nusxa; ijtimoiy fanlar - 25 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
4604 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.
1872 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 518900 taga etdi.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 25 - 29 avgust holatiga ko‘ra 26 nusxa gazeta, 6 jurnallardan, jami 269 bibliografik yozuv kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 114 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 106 ta va bolalar adabiyoti uchun 8 ta) berildi. 21 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2014 yil uchun 2 hisob-kitob shartnomasi tuzildi. 4 gazeta uchun badal to‘lovi orqali raqamlar tasdiqlandi.