Foydali resurslar
Millat, Vatan xalq istiqboli degan muqaddas tushunchalar hamma vaqt qalbimizning turidan joy olib, har birimizning hayotimizda, ongimizda charx urib turishi darkor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu fikrlari hayotimizning har bir jabxasi uchun bevosita aloqadordir. Shuningdek, bugungi kunlarimiz tadbirlari, muhim anjumanlari va bayramlariga ham. Chunonchi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida 28 avgust kuni Qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan “O‘tganlar yodi bu...” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Naim Karimov, tarix fanlari nomzodi, dotsent Sotimjon Xolboyev, tarix fanlari nomzodi Baxromjon Irzayev, Toshkent shahar milliy tiklanish partiyasi vakili Shoxaydar Shomansurov, shoir Xamidullo Ismat va boshqalar so‘zga chiqib Mustaqillik davrining o‘ziga xos fazilatlari hamda mash'um mustabid davrda amalga oshirilgan qator Qatag‘onlar oqibatlari to‘g‘risida hikoya qildilar, ularning mazmun mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritdilar, mazkur Qatag‘on qurbonlarining hayoti, faoliyati va ijodi borasida mushohada qilishdi.
.jpg)
Ularga bag‘ishlangan asarlardan namunalar o‘qidilar:
Sozdir uzoq umr ko‘rmoq,
Yorug‘ dunyoda biroq.
Mard zotiga qiron kelsa,
Sen ham o‘lsang yaxshiroq.
Yangi-yangi avlod kelur,
O‘tgan gap-so‘zni bilur,
“Sen qandoq tirik san? Deb
Albatta, aylar so‘roq”
Tadbirga kutubxonaning “Taffakkur” o‘quv zalida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan kitob rasmli ko‘rgazma alohida mazmun bag‘ishladi.
Anjumanni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi.
.jpg)