Foydali resurslar
18 avgust kuni Lion shahridagi Kongress markazida kutubxonachilarning хalqaro forumi o‘z ishini davom ettirdi.
Anjuman axborot-kutubxona faoliyatining 29 ta yo‘nalishi bo‘yicha umumiy kengash va sektsiya majlislarida o‘z ishini davom ettirdi.
IFLA Prezidentining umumiy yig‘ilishdagi chiqishi qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va Kongress uchun maxsus tayyorlangan Lion deklaratsiyasi bilan hammaga ibrat bo‘ldi. Sessiya uchun 5 ta ma’ruza tayyorlangan bo‘lib, birinchi ma’ruza kitobxon (foydalanuvchi)ning axborotdan foydalana olish savodxonligi va qanchalik chuqur bilimga egaligiga, ommaning axborot savodxonligini oshirishda kutubxonalarning o‘rni, yangi texnologiyalar va o‘sish tendentsiyalariga bag‘ishlandi. Dunyo bo‘ylab axborot kontenti har yili 2 barobarga o‘smoqda. Axborotdan foydalana olish, bu - bilimga, sog‘liqga, dam olishga, madaniyatga va merosga ega bo‘lishdir. Kutubxona bu sohada qanday ishlarni amalga oshirmoqda? Kitobxon (foydalanuvchi)ning mustaqil o‘qishga bo‘lgan talabini e’tiborga olish, nutq madaniyati va savodxonlikni oshirish kerak. Kutubxonalar faqatgina shaxsiy kompyuterlarni taqdim etish bilan cheklanib qolmasdan, axborot tarqatuvchi manbai ham bo‘lishi kerak. Kutubxonalar onlayn ta’limga ehtiyotkorlik bilan yondashgan holda mavjud sistema asosida veb ta’limda faol ishtirok etishlari zarur.
Ikkinchi ma’ruza хalqaro noshirlarning tashkilotidan bo‘ldi. Axborot olishda noshirlar juda katta yordam beradi. Axborot muhiti aqliy salohiyatga ta’sir etib, ijod va tijorat o‘rtasidagi muvozanatdir. Mualliflik huquqi haqidagi qonun ehtiyotkorlik bilan ushbu muammoga yondashmog‘i zarur, noshirlar buni har doim yodda tutishgan. Florensiya bitimi, Nayrobidagi bitim va boshqa huquqiy asoslarni qaytadan ko‘rib chiqish kerak.
Uchinchi ma’ruza Lion deklaratsiyasi to‘g‘risida bo‘ldi. Texnologiyalar rivojlanishining o‘z musbat va manfiy tomonlari mavjud. Kontekstdagi ochiq manbalar:
- ochiq hukumat
- ochiq kontent
- tomonlarning ochiqligi, qatnashishga ta’sir; bularga nimalar ta’sirini o‘tkazadi?
To‘rtinchi ma’ruza Sitra (Sitra) Finlandiya markazidan bo‘lib, u davlat tomonidan ta’sis etilgan va mablag‘ bilan ta’minlangan. Markaz fuqarolik jamiyati sohasida tadqiqotlar olib boradi. Markaz analitik material tayyorlaydi va tanlov – grantlar e’lon qiladi, shu jumladan, kutubxonalar uchun ham. Markaz haqidagi to‘liq ma’lumot uning rasmiy veb-saytida mavjud.
Beshinchi ma’ruza parlametchilarning IFLA parlament kutubxonalari sektsiyasi ishida qatnashishi haqida bo‘lib, parlament faoliyatida saylovchilarning qatnashuvi, saylov haqidagi turli-tuman savollar, qiziqishlar va boshqalarni yoritdi.
IFLA Prezidenti kengashni yopar ekan, barcha ma’ruzachilarga minnatdorchilik bildirdi hamda tinglovchilarning savollari muhokamasiga o‘tdi.
Kongress o‘z ishini davom ettirmoqda.