Kutubxona assotsiatsiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi (IFLA) ning 80 Bosh Konferensiya va Assambleyasi o‘z ishini boshladi
17 avgust kuni Lion shahridagi Kongress markazida (Convention Centre) IFLA Kongressining 80 rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kutubxona assotsiatsiyalari va muassasalarining xalqaro federatsiyasi (IFLA) ning 80-chi Bosh Konferensiya va Assambleyasi g‘oyalar bilan almashinish, tajriba almashish, yangi axborot texnologiyalarini muhokama qilish va kutubxona ishida erishilgan muvaffaqiyatlarni namoyish qilish uchun butun dunyodan mutaxassislarni bir erga jamlaydi. Konferensiya ishi kunlari axborot-kutubxona texnologiyalarining eng so‘nggi ishlanmalari hamda bosma va elektron shakldagi eng yangi nashrlarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Forum ishining sektsiyalarida kutubxona ishining turli jihatlari hamda dunyoning turli hududlaridagi kutubxona ishining rivojlanishi masalari ko‘rib chiqildi.
Fransiya Milliy kutubxonasi prezidenti Bruno Reysin, Lion shahri meri Georg Kepeneklan, IFLA Prezidenti Sinikka Sipila hamda boshqa rasmiy va taklif etilgan kishilar Kongress ishtirokchilariga tabrik nutqi bilan murojaat etdilar.
So‘zga chiqqanlar kutubxonaning hozirgi jamiyatdagi o‘rni va kutubxonalarning asosiy rivojlanish tendensiyalari, kutubxona faoliyatidagi raqamlashgan (elektron) kutubxonalar yaratish va foydalanuvchilarning axborot resurslaridan foydalanishi innovatsiyalari haqida gapirdilar.

2014 yil Fransiyada Kutubxona yili deb e’lon qilingan. Davlat elektron resurslar yaratishga alohida e’tibor qaratgan. Birgina Fransiya Milliy kutubxonasining o‘zida onlaynda 3 mln. nashr taqdim etilgan. Shunindek, davlat maktab kutubxonalari va kitobxonlarga fonddan ochiq foydalanishga imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda. Fransiya davlat siyosatining asosi bu - Kuchli kutubxonalar – kuchli jamiyat – kuchli davlat. Shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklanganlar insonlarga xizmat ko‘rsatishga katta e’tibor berilmoqda.
17 avgustning ikkinchi yarmida Kongress markazining ko‘rgazma zalida kutubxona jihozlari, dasturiy mahsulotlar va innovatsion yechimlarning ko‘rgazmasi ochildi. 18 avgustdan boshlab ish sektsiya yig‘ilishlarida davom etmoqda.
Yangi adabiyot va kitoblar
-
Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
-
Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)