Foydali resurslar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 23 yillik bayramini “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014 yil 7 avgustdagi № 600-f sonli farmoyishi talablarini ta’minlash maqsadida joriy yilning avgust oyi tozalik oyligi deb e’lon qilindi va 16-17 avgust kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi. Umumxalq xayriya hashari munosabati bilan Milliy kutubxonada mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish xaqi miqdoridagi mablag‘larini O‘zbekiston “Maxalla” hayriya jamoat fondi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi.

