Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir Avaz O‘tar o‘g‘li tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

15 avgust kuni A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “O‘zbekiston” zalida shoir Avaz O‘tar o‘g‘li tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda filologiya fanlari doktori Tozagul Matyoqubova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajab va kutubxona nashriyoti bosh muharriri  Shukur Qurbonlar ma’rifat so‘zining ma’nosi bilim, fan, ma’lumot olish, tanishish degani,  Avaz O‘tarni biz ma’rifatparvar shoir deyishimiz avvalo u shoirning ma’rifat haqida o‘ylagani, va uni tarqatish bo‘yicha  qilgan ishlarini, ijodini yaqindan o‘rganishimiz kerak deb o‘z fikrlarni bayon ettdilar. 

Tadbir qatnashchilari shoirning yashab o‘tgan davri, yozgan hajviy hamda lirik asarlari tahlilidan bahramand bo‘lishdi. Bor- yo‘g‘i 35 yil umr ko‘rgan, lekin adabiyotda o‘chmas iz qoldirgan zabardast qalam sohibining o‘ziga xos iqtidori va bu iqtidorning kamolga etishida xizmat ko‘rsatgan hammaslaklari - mashhur fotograf Xudoybergan Devonov, Ogahiy, Feruz va boshqalarning adabiy muhiti to‘g‘risida fikr yuritildi. Shoir asarlaridan namunalar o‘qildi va ijodining zamonaviy yozuvchilar asarlaridagi o‘ziga xos an’analari to‘g‘risida ham suhbatlashildi.
O‘quv zalida tashkil qilingan bibliografik obzor va kitob-rasmli ko‘rgazma anjumanga alohida mazmun va mohiyat bag‘ishladi. Tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg‘alari berildi. 

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar