Foydali resurslar
13 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kichik majlislar zalida Vatanimiz Mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan “Yagonasan Mustaqil Vatan!” nomli davra – suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kutubxona fondida saqlanayotgan mazmun va mohiyati jihatidan teran, rejissurasi diqqatga molik bo‘lgan “Mustaqillik arafasida” xujjatli film namoyishi anjuman qatnashchilarida o‘ziga xos taassurot uyg‘otdi.

Tadbirda mazkur dargoh ishchi-xizmatchilari va keng kitobxonlar ommasi ishtirokida suhbat – bahs – mushoira bo‘ldi. Unda Mustaqillikning ma’no va mohiyati, fazilat va fayzu barokati, ozod va obod Vatanning o‘tmishi, buguni va kelajagi borasida so‘z yuritildi. Uning badiiy va san’at asarlaridagi ifodasi xususida fikrlashildi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’biri bilan aytganda, “Vatan va xalq oldidagi burchni anglash”ning “Yuksak ma’naviyat belgisi” ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shuningdek, “Tafakkur” zalida “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim” nomli kitob – rasmli ko‘rgazma ham tashkil qilindi.
