Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
8 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Pedagogika institutlari ARMning foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni ta’minlash holati va zamonaviy rivojlantirish tendentsiyalari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda  “Pedagogika institutlari Axborot-resurs markazlarining foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni ta’minlash holati va zamonaviy rivojlantirish tendentsiyalari” mavzusida seminar–trening tashkil qilindi. Seminarda respublikada faoliyat yuritayotgan pedagogika institutlarining axborot-resurs markazlari mutaxassislari ishtirok etishdi.

O‘quv seminarda Milliy kutubxonaning bir qator mutaxassislari “Hududlarda namunaviy axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish masalalari”, “UZMARC kommunikativ mashina o‘qiydigan  format kataloglashtirishning yagona talablari”, “Ma’lumotlarni masofaga yetkazib berish va multimediya resurslar bazasi”, “Oliy o‘quv yurtlari axborot-resurs markazlarini davlat bibliografiyasini yuritishdagi o‘rni” va “Axborot-kutubxona muassasalaridagi axborot-kutubxona resurslarini yagona hisobga olish tizimi” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Seminar tinglovchilari o‘rtasida bahs munozarali va qizg‘in tarzda o‘tdi. Tadbir yakunida tinglovchi mutaxassislarga Milliy kutubxona tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi va kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar