Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining “O’zbekiston” Milliy adabiyot zalida Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad Jomiyning 600 yilligiga bag’ishlangan “Navoiy e’zozlagan siymo” nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining “O’zbekiston” Milliy adabiyot zalida Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad Jomiyning 600 yilligiga bag’ishlangan “Navoiy e’zozlagan siymo” nomli kitob-rasmli ko’rgazma tashkil etildi. Siz ushbu ko’rgazmada Abdurahmon Jomiyning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib, uning asarlaridan baxramand bo’lishingiz mumkin.

Abdurahmon Jomiy 1414yili Jom viloyatida tug’ilgan. Jomiy qalamiga mansub 46 asari aniqlangan. Jomiy o’zining besh asarini yig’ib “Panj g’anj” (“Besh xazina”) yoki “Xamsa” tuzgan. Bu kitobga “Tuhfatul-ahror” (“Erkinlar tuhfasi”), “Sabhatul-abror” (“Yaxshilar tasbohi”) kabi falsafiy –axloqiy mazmundagi she’riy asarlar: “Yusuf va Zulayxo”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomai Iskandariy” dostonlari kiradi. Bu besh asarni 1485 yili yozib tugalladi.

Jomiyning lirik she’rlari uch devonga jam etilgan. Bu devonlarga Navoiyning maslahati bilan Jomiy alohida - alohida ot qo’yib jiqqan. “Fotihatush-shabob”(“Yoshlik ovozi”), “Vasitatul-iqd” (“Marvarid shodalari”), “Xotimatul-hayot” (“Turmush yakunlari”) degan nom qo’yilgan.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar