Foydali resurslar
Zal ekranida taqdim etilayotgan kitob varaqlanib, yig‘ilganlarning mazkur san’at to‘g‘risida tasavvurini boyitdi: Insonga tanovul uchun berilgan ne’matlar-kundalik ehtiyojimizga ishlatiladigan, sabzavot mahsulotlaridan tayyorlangan rang-barang shakldagi gul va yaproqlar manzarasi qatnashchilarning olqishlariga sabab bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining direktor o‘rinbosari Umida Teshabaeva, Oshpazlar assotsiatsiyasi raisi Akbar Umarov va eksperti Nosir Yakubov, Toshkent kimyo-texnologiyasi instituti kafedra mudiri Tolibjon Umaraliev, Toshkent shahar turizm kasb-hunar kolleji pedagogi N. Vahobova, taniqli murabbiy Umid Axrorov, kitob muharriri,shoir Shukur Qurbon, kitob mualliflarining bobolari O‘lmas Ubaydullaev va Shoakbar Abdullaevlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda Mustaqillik tufayli yoshlarimizga yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritdilar.


Karving san’atining xalqimiz san’atiga kirib kelish tarixi, o‘ziga xos tomonlari, nozikliklari hamda qadim “Sharq oshxonasi” an’analariga uyqash jihatlari borasida so‘zladilar. Shuningdek, yoshlarga xunar o‘rganishning ibratli tomonlari borasida fikr yuritdilar.

