Foydali resurslar
O’zbekiston Milliy kutubxonasining fondi S.V. Chepelning « O’zbekiston milliy iqtisodiyotining barqaror rivojlanish istiqboli andozasining yaratilishi va tizimli tahlili” «Системный анализ и моделирование перспектив устойчивого развития национальной экономики Узбекистана” monografiyasi va Yosh Iqtisodchi olimlarning “Iqtisodiyotning modernizatsiyasi va rivojlantirish zaxiralarini jalb etishning ilmiy asoslari» "Научные основы мобилизации резервов роста и модернизации экономики" nomli to’plami bilan to’ldirildi.
Yosh Iqtisodchi olimlar forumining to’plamiga milliy iqtisodiyotning barqaror o’sishni ta'minlovchi makroiqtisodiy siyosat, mamlakatning yetakchi tarmoqlarining qayta modernizatsiya qilish va innovatsion o’sishni ta'minlovchi chuqur tarkibiy islohotlar to’g’risida hamda ularni amalga oshirishdagi mavjud salohiyat va imkoniyatlarni safarbar etish yo’nalishlari bo’yicha turli maqolalar kiritilgan. Ko’tarilgan ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish hamda aholi turmushining sifat darajasini keskin oshirish masalalari milliy iqtisodiyotning inklyuziv o’sishini, uning hududlarda o’sish jabhalarini o’rganuvchi yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan izlanishlari bilan chambarchas bog’langan.
S.V.Chepel monografiyasi milliy iqtisodiyot, uning sohalarida, hududlarida va korxonalarida tizimli tahlil va modellashtirish masalalari bilan qiziquvchi ilmiy xodimlar, mutaxassislar, amaliyotchilar, talabalar va kitobxonlarga mo’ljallangan.
.jpg)
.jpg)