Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to’ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

       7 – 11 iyulgacha   Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 194 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro’yxatdan o’tkazildi.
       Shulardan 92 ta kitob, (quydagi sohalar bo’yicha turkumlashtirildi: siyosat - 2 nusxa; badiiy adabiyotlar – 88 nusxa; texnika – 2 nusxa)  102 ta avtoreferatlar (siyosat - 31 nusxa; tibbiyot – 13 nusxa; texnika – 14 nusxa;  san'at – 1nusxa; adabiyotshunoslik - 1 nusxa; tabiiy fanlar – 3 nusxa; ta'lim va madaniyat - 14 nusxa; sport – 6 nusxa; qishloq xo’jaligi - 18 nusxa;  ijtimoiy fanlar - 1 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to’ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
      3707 nomdagi bibliografik yozuvlar to’liq matnli tekstlarga ulandi.
     1493 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo’yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifini berdi.    
      Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning
soni  514926 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o’lkaga oid bo’lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to’ldirib kelmoqda. 2014 yil 7 - 11 iyul holatiga ko’ra 26 nusxa gazeta; 12 nusxa jurnal; jami 359 bibliografik yozuv kiritildi. 252 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 
O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning halqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 44 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 37 ta va bolalar adabiyoti uchun 7 ta) berildi. 16 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2014 yil uchun 2 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar