Foydali resurslar
11 iyul kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasining Katta Majlislar zalida Toshkent Davlat Yuridik Universitetining Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar kafedrasi bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish: nazariy va amaliy muammolar” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Konferensiyada O’zbekiston Respublikasi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlarini sud yo’li bilan himoya qilishda prokurorlarning roli, asosiy vazifalari kabi masalalar ko’rildi. Hozirda amalga oshirilayotgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni professor o’qituvchilar, ilmiy-xodimlar va amaliyotchilar o’rtasida keng muhokama qilindi hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ichki ishlar vazirligi, adliya vazirligi vakillari, Toshkent yuridik Universitetining rektori, prorektori, professor-o’qituchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)