Foydali resurslar
O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakilining 2011-2012 yildagi faoliyati bo’yicha hisoboti o’zbek va rus tillarida chop etilib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga taqdim etildi.
Ushbu hisobot Milliy kutubxona foydalanuvchilariga ombudsman faoliyati haqida batafsil ma’lumot beradi.
O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili – ombudsman mansabdor shaxs bo’lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlamеnt nazoratini ta’minlash vakolatlari bеrilgan. Vakil o’z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobе bo’lmagan tarzda amalga oshiradi va har yili faoliyati yuzasidan O’zbеkiston Rеspublikasi parlamеntiga hisob beradi.
Ushbu hisobot inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga ko’maklashish bo’yicha faoliyat, inson huquqlari bo’yicha fuqarolar murojaatlarini ko’rib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklashga ko’maklashish, fuqarolar va mansabdor shaxslarning huquqiy ongini oshirish va inson huquqlari sohasida axborot berishga ko’maklashish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik va mavzuga oid boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan.
