O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 20 asrning buyuk rus shoirasi Anna Axmatovaning 125 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
27 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ijod” zalida XX asrning buyuk rus shoirasi Anna Axmatovaning 125 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Anna Axmatovaning ijodiy merosi nafaqat she'riyat balki yozuvchilik, adabiy tanqid, tarjimonlik yo‘nalishlaridan ham tashkil topgan. Anna Axmatova ijodini chet-el mamlakatlari ham sevib o‘qiydi.
Anna Axmatovaning 1941-1944 yillarida Toshkentga bo‘lgan tashrifi uning ijodiy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Anna Axmatova Toshkentda ko‘plab do‘stlar ortirdi. Urush yillarida uning she'rlarini xalq sevib o‘qidi.
2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashab, 1944-yili «Toshkent she'rlari» turkumini yaratgan. «Qahramonsiz poema» asari Anna Axmatova ijodining cho‘qqisi hisoblanadi. «Vaqtning tez o‘tishi» kitobida shoira ijodining so‘nggi pallasining o‘ziga xos tomonlari aks etgan.
Sharq, G‘arbiy Ovrupo shoirlari ijodidan tarjimalar qilgan 1958-yili («Koreya mumtoz she'riyati»; 1969-yili «Sharq mumtoz she'riyati»). She'rlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Tadbirda A.V. Markevich, N. Aleksandrova, G. Arefyeva, Ye. Burova, K. Pirojkova va boshqalar ishtirok etishdi. Sa'ntkorlar ijrosida qo‘shiqlar kuylandi, she'rlar o‘qildi. Tadbir so‘ngida Anna Axmatovaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan savol-javob o‘yini o‘tkazildi.