Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Belgiyalik professor Yules Yanssensning Ibn Sino hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan bibliografik kitoblari bilan to‘ldirildi

 Abu Ali ibn Sino – buyuk mutafakkir, tabib, mashhur ensiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf, tilshunos, shoir, huquqshunos, ahloqshunos, astronom bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan.  Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. 

Ibn Sino o‘zining ko‘p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o‘ynadi. Ibn Sino asarlari dunyoning ko’pgina tillariga tarjima qilingan. Jahon olimlari Ibn Sino asarlari, uning faoliyati to‘g‘risida ko‘pdan beri ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradilar. Hozirda jahondagi deyarli barcha tillarda Ibn Sino haqida asarlar yaratilgan. 
Belgiya katolik universiteti professori Yules Yanssens tomonidan Ibn Sino hayoti va faoliyati haqida 1970 yildan 1994 yilgacha yozilgan asarlarning bibliografik ko’rsatkichi 2 ta kitobga jamlab chop etildi va Belgiya kutubxonalariga tarqatildi. Ushbu asarlarning bittadan nusxasi muallifning iltimosiga binoan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga sovg‘a tariqasida taqdim etildi.
 
 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar