Foydali resurslar
Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining Koreya Respublikasida o‘z kasbiy malakasinini oshirish ishlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik mutaxassislarni Xalqaro Kempus direktori professor Li qabul qildi. Mutaxassislar suhbatdan so‘ng kutubxona faoliyati bilan to‘liq tanishib chiqdilar.
Kutubxonadagi foydalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, qulayliklar va imkoniyatlar, multimediali nashrlar fondi, ulardan foydalanish uchun taqdim etilgan maxsus qurilmalar ularda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif davomida Koreyadagi eng yosh shaharlardan biri Sejong shahridagi yangi barpo etilgan 2013 yil 13 dekabrda foydalanishga topshirilgan Sejong Milliy kutubxonasida davom ettirildi.
Kutubxona binosi kutubxonalar ichida dunyo bo'yicha eng chiroyli binolardan biri hisoblanadi . Milliy kutubxonada imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga ham barcha qulayliklar yaratilgan.
Zamonaviy mobil tokchalari alohida kitobxonlar guruhiga moslab tashkil etilgan. Kutubxonaga har kuni 2000 dan ortiq foydalanuvchining kelishiga imkoniyat yaratilgan. Kutubxonada quyosh energiyasidan foydalanish tufayli 30% elektr energiyasi tejalmoqda.