Foydali resurslar
25-iyun kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida BMTTD/BMTK hamkorligida “O'zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va Ko'ngillilik” loyihasi tomonidan tashkil etilgan Ko'ngillilar bilan ishlash bo'yicha qo'llanmaning muhokamasi bo'lib o'tdi.
“O'zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va Ko'ngillilik” loyihasi tashkilotlar va ko'ngilliklar orasida ko'ngillilik madaniyatini yanada kengaytirish uchun qo'shimcha xatti-xarakatlarni amalga oshirmoqda. Shu jumladan, Loyiha tomonidan Ko'ngillilar bilan ishlash bo'yicha qo'llanma tayyorlandi.
Davra suxbatida Nodavlat notijorat tashkilotlari, ko'ngillilar va xususiy sector vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda BMTTD/BMTK “O'zbekistonda Ijtimoiy Innovatsiyalar va Ko'ngillilik” loyihasi tashkilotlar va ko’ngillilarning yanada samarali hamkorligiga yo’naltirilgan metodologik asosini yaratib tadbiq etishni taklif qildi. Ishtirokchilar fikr va takliflarni bildirdilar.
Davra suxbati davomida muhokama qilingan qo’llanma inson va tashkilotlarning hamkorligi uchun qo’shimcha vosita bo’lib O’zbekistonning barqaror rivojlanishida ko’ngillilikning o’rnini oshirishga xizmat qiladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)