Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
19.03.2016 E’LON!

21 mart kuni – “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ishlamaydi.
20 mart bayram oldi kuni ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi va soat 16.00 qadar foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’muriyat
18.03.2016 Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi Milliy ilmiy-ta’limiy forum


23-25 mart 2016 yil O‘zbeki
ston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish ko‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda ILMIY MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISh VA NAShR ETTIRISh FAOLLIGI Milliy ilmiy-ta’limiy forumini tashkil etmoqda. 

16.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Baxtli ota-ona - baxtli bolalar” dasturi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi


2016 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Oila va bola taaqqiyoti markazi” loyihasi doirasida ota- onalarga farzand tarbiyasida ko‘maklashish, ularga psixologik tavsiyalar berish maqsadida tuzilgan “Baxtli ota-ona - baxtli bolalar” dasturining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu seminar tarbiya usullari, ota-onanlarning vazifalari va oila modellari mavzulariga bagishlangan bo‘lib, uni ruhshunos O.E.Avanesova olib bordi. Seminarda ruhshunoslar, tarbiyachilar va ota-onalar oilada kattalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan qarashlarini bildirdilar va ularni muhokama qildilar.

15.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Qadaminga hasanot Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumxalq bayrami Navro‘z tarixi, u bilan bog‘liq milliy udumlar va urf-odatlar bilan tanishtiruvchi “Qadaminga hasanot Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. 

Navro‘z bayrami juda qadimiy bayram sanaladi. Tarixchilarning fikricha, bu bayramning tarixi qariyb 3 ming yildan ziyod. Navro‘z asosan bahoriy teng kunlik kuni nishonlanadi. Navro‘z - tabiat uyg‘onishi ramzi, yangilanish, yasharish fasli, bu kunda qayta tiklanib, yangicha tus olgan xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz, turfa marosimlar namoyish etiladi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar