Useful resources
Charos, sening ko’zlaring xumor,
Ko’zlarimga ko’zing ko’z tumor.
Bo’lgin menga vafoli bir yor,
Zominimda jonim qoldi yor,
Ishq kuydirgan tanim qoldi yor.
Sensan sevgim chin farishtasi,
Uzma nozik ko’ngil rishtasin.
Oshiq dilning yo’q sarishtasi,
Zominimda jonim qoldi yor,
Ishq kuydirgan tanim qoldi yor.
Bir o’tsan-ki, nedir zardo’shtlar,
Rashkim doim yuragim mushtlar,
Aldayverar serg’alva tushlar,
Zominimda jonim qoldi yor,
Ishq kuydirgan tanim qoldi yor.
Xayrlashib ma’sum kulganim,
Hayotimda tanho bilganim,
Izhorim shu bag’rim tilganim
Zominimda jonim qoldi yor,
Ishq kuydirgan tanim qoldi yor.
***
Dunyoda borligim asl ma’nosi,
Umr jo’shqinligin sensan ma’vosi.
Hayot lazzatin yoyar sabosi,
Qor qo’ynidagi qalbim lolasi.
Robbim nafas ber ozgina yashay,
Oxirat kunimga gullarni to’shay.
Bir kuch ber, imon tomonga shoshay,
Qor qo’ynidagi lolamni asray.
Umid g’unchasin hardam avaylay,
Pok nomin oppoq qordayin saqlay.
Atrofin gulzor, bog’larga burkay,
Fursat ber lolam qadriga yetay.
Visol ber bir zum diydorga to’yay,
O’lsam ham lolam poyida o’lay.
Izhorim ul malak shavqiga bitay,
Izn ber lolamla mahsharga yetay.


Let us hope that our reader, who participated in the competition, will take a worthy place among the young writers. Below you can get acquainted with the poetic works of Bunyodbek Akbaraliev.
O’zbekiston – vatanim doimo osmoning musaffo bo’lsin! Tinchlik sanalmish baxt aslo seni tark etmasin. Istiqlol qo’shiqlari tinmay jarang sochaversin! Senday mehribon yurtni dunyo kezib topolmayman!
Vatan sen onamday aziz jigarim,
Sendan uzoqlashsam dil bo’lar yarim.
Yaxshilikka to’lib-toshgan bo’stonim,
Seni o’zi asrasin parvardigorim.
Beminnat mehringdan baxramand bo’ldim,
Quyoshday bag’ringda quvonchga to’ldim.
Tunimni yoritgan o’zing hilolim,
Senla yuragimdan sevinib kuldim.
Mehr quchog’ingda bo’stonlaring ko’p,
Sha’ningga bitilgan dostonlaring ko’p.
Tinchlik so’zi senga yarashar doim,
Kun-tuning charog’on, osmonlaring ko’k.
Bobolar hokini qalbga tutganman,
Muqaddas tuprog’ing ko’zga surtganman.
Noming yuragimga yozilgan vatan,
Sendan ajralmasdan doim yutganman.
Farishtalar makon etgan o’lkasan,
Yaxshilar murodga yetgan o’lkasan.
Jahongir shoiring rost aytar shuni-
Sen ezgu ishlarni tutgan o’lkasan.
